TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Sharofiddin Boltaboyev bronza uchun o‘tish jangida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Boltaboyev gruziyalik Tato Grigalashviliga mag‘lub bo‘ldi.
Sharofiddin chorak finalda avstriyalik Shamil Borchashviliga qarshi jang qildi va Golden Score'da imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Boltaboyev bolgariyalik Ivaylo Ivanovni mag‘lub etib, chorak finalga chiqqandi.
Undan oldin bir necha soniya ichida vanuatulik raqibi Ugo Chumboni ushlash usulida mag‘lub etgandi.