Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar ma’lum bo‘ldi

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha maosh Toshkent shahrida – 4,5 mln. Eng kam esa, Namangan viloyatid 2,2 mln.so‘m qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 2021-yilning yanvar – iyun oylarida aholining real daromadi (inflyatsiya hisobga olingan) - 10,8%ga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.
Sohalar kesimida eng yuqori daromadlar moliya, sug‘urta va axborot texnologiyalari sohalarida aniqlangan. Eng kam o‘sish esa – sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda aniqlangan.
Sohalar bo‘yicha o‘rtacha maoshlar:
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati — 7,1 mln. so‘m;
Axborot va aloqa — 5,1 mln. so‘m;
Sanoat — 3,7 mln. so‘m;
Yuk tashish va saqlash— 3,7 mln. so‘m;
Qurilish— 3,6 mln. so‘m;
Savdo —2, 9 mln. so‘m;
Ta’lim — 2,2 mln. so‘m;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar— 2 mln. so‘m;
Boshqa faoliyatlar — 3,1 mln. so‘m;
Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha maosh Toshkent shahrida – 4,5 mln. Eng kam esa, Namangan viloyatid 2,2 mln.so‘m qayd etilgan.