TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksinalar AstraZeneca va "Sputnik Layt"ni birgalikdan sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi, RIA Novosti xabariga asosan.
"AZD1222 va rAd26-S preparatlarining xavfsizlik va immunogenlikni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan oddiy randamlashtirilgan I/II bosqich sinovlari. Qo‘llanish sxemasi: katta yoshdagi kishilarda “geteroligik praym-bust”, - deyilgan xabarda.
Sinovda 150 nafar pitsiyentlar ishtirok etadi.Sinov 2022-yilning 2-martida yakunlanadi.
Gamaleya markazi, AstraZeneca, RFPI va "R-Farm" kompaniyalari 2020-yilning 21-dekabrida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolagan edi. Unga muvofiq "Sputnik V" vaksinasining bir komponenti va AstraZeneca va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan AZD1222 vaksinasining bir komponentini birgalikda sinovdan o‘tkazish belgilangan.