TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Bugun, 26-iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Spasateli likvidirovali pojar v stolichnom kafe
© Press-slujba MChS Uzbekistana
Qisqa vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etildi. Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yong‘indan zararlangan.
Yong‘in soat 13:33da o‘rab olindi va soat 14:31 batamom o‘chirildi.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.