Afg‘oniston aholisi toliblarga talablar bilan mitingga chiqishdi: video

Afg‘oniston poytaxtida toliblar tomonidan shimoliy viloyatlarning egallab olinishiga qarshi bo‘lgan mahalliy aholi ko‘chalarga chiqdi
Sputnik
Afg‘onistonda tinch aholi toliblar tomonidan shimoliy provinsiyalarning egallab olinishiga qarshi protest ramzi sifatida ko‘chalarga chiqishdi.
Afg‘oniston poytaxtidagi ushbu aksiya Tohar aholisi tomonidan tashkillashtirildi. Erkaklar transparantlar ilingan maxsus palatkalarni jihozlaganlarini ko‘rish mumkin.
Miting tinch namoyish tarzida o‘tgan bo‘lsa-da, ammo Afg‘oniston shimoli aholisining talablari yetarli darajada keskindir.
Miting ishtirokchilari toliblardan ular egallab olgan hududlardan chiqib ketishni talab qilishmoqda.
Shuningdek, Afg‘oniston aholisi hukumatga o‘z fuqarolarini himoya qilishni va egallab olingan hududlarni qaytarib olish da’vati bilan murojaat yo‘llaganlar.