TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Tojikiston ko‘mir konida portlash yuz berdi.
Tojikistondagi ko‘mir konida yuz bergan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohat oldi.
Isfaradagi Sho‘rab konida portlashga gaz sirqib chiqishi sabab bo‘ldi. Joyda o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchilar guruhi ishlamoqda.
Sho‘rob koni - Tojikiston shimolidagi eng yirik ko‘mir konlaridan biri. Turkiston tog‘ tizmasining etagida joylashgan.
Uning ko‘miridan asosan ta’lim va tibbiyot muassasalari foydalanadi.