Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi

Pojarniy MChS
Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy tom qismining 80 kv.m maydonida yong‘in hodisasi yuzaga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
25 iyul kuni soat 13:48da Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy tom qismining 80 kv.m maydonida yong‘in hodisasi yuzaga keldi.
Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara
“Sho‘rtanneft” zavodida yong‘in: bir ishchi halok bo‘ldi
Voqea joyiga FVV va Toshkent shahar FVB rahbariyati vakillari chiqqan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 14:12 da yetib borib, yong‘in soat 14:29 da o‘chirilgan. Yong‘indan tomning 620 kv.m maydoni saqlab qolingan. Ofatni bartaraf etishga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta avtonarvon jalb etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.