TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2022 yil 1-yanvardan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi hamda O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.