Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

O‘zbekisto nva Rossiya prezidentlari Afg‘onistondagi vaziyat hamda stratgik hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa bir necha prezidentlar Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan tabriklashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Suhbat avvalida Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan dildan muborakbod etib, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, prezidentlar O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari, ning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Undan tashqari O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma quvvatlarni tez fursatda ishga tushirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga prezidentlar Afg‘oniston bo‘yicha vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
Prezident xalq orasida - foto
Prezident matbuot kotibi xabar qilishiga ko‘ra, bugun Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan tabriklash uchun Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston prezidentlari ham qo‘ng‘iroq qilishgan.
Unda tashqari XXR raisi Si Szinpin, Turkiya prezident Toyyib Erdo‘g‘on, Misr prezidenti as-Sisi, Belarus prezidenti Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Aliyev, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nazarbayev va boshqa bir necha rahbarlar tabriknoma yo‘llashgan.