TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri va uning tojikistonlik hamkasabasi Sherali Mirzo telefon suhbatida tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar tojik-afg‘on chegarasi va chegaraga yaqin hududdagi vaziyatni, paydo bo‘layotgan xavflarga qarshi birgalikda kurashish choralari hamda Afg‘oniston Islom Respublikasida vaziyat keskinlashuviga doir masalalarni muhokama qilishdi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Tojkiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Emomali Ibrohim Respublika 100 minggacha afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyorligini va xalqro tashkilotlar bilan buning uchun kerakli sharoitlarni o‘rganayotganini mal’um qilgan edi.
Shungdek, 23-iyul kuni AQSh Kongressi Senati ham Afg‘onistonlik qochqinlarni joylashtirish va ularni ta’minlash maqsadida 100 mln. Dollar mablag‘ ajratishni ma’qullagani haqida habar qilingan edi.