Maktab o‘quvchilari nufuzli xalqaro olimpiadada 6ta medal qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari matematika, biologiya va fizika bo‘yicha xalqaro olimpiadada oltin, kumun va bronza medallar sohibi bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari matematika, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.
62-Xalqaro matematika olimpiadasi
Dunyoning 110 davlatidan 623 nafar o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini ko‘lga kiritdilar.
Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 5-ixtisoslashgan matematika maktabi o‘quvchisi kumush medal;
Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi bronza medal.
Shuni alohida qayd etish joizki, yurtimiz o‘quvchilari so‘nggi bor 2017-yilda kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Pobediteli mejdunarodnoy olimpiadi sredi shkolnikov
32-Xalqaro biologiya olimpiadasi
Dunyoning 76 davlatidan 304 nafar o‘quvchi ishtirok etgan biologiya olimiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini ko‘lga kiritdilar.
Norbekov Xumoyun — Jizzax davlat pedagoga universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi oltin medal;
Abduvaliyeva Aziza — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi oltin medal;
Turdiboyev Yorqinbek — Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-ixtisoslashgan kimyo-biologiya maktabi o‘quvchisi kumush medal.
Pobediteli mejdunarodnoy olimpiadi po biologii sredi shkolnikov
51- Xalqaro fizika olimpiadasi
Dunyoning 73 davlatidan 365 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 1 ta bronza medalini ko‘lga kiritdi.
Rail Xashayev — Toshkent shahri 71-maktab o‘quvchisi bronza medal. O‘zbekiston tarixida fizika xalqaro olimpiadasidagi ikkinchi medal, maktab o‘quvchisining ilk medali.
Belgilangan qonunchilikka ko‘ra, medal sohiblari oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilinadi. Undan tashqari g‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
oltin medal sohibiga 122 mln. so‘m, o‘qituvchisiga 110 mln. so‘m;
kumush medal sohibiga 73 mln. so‘m, o‘qituvchisiga 61 mln. so‘m;
bronza medal sohibiga 49 mln. so‘m, o‘qituvchisiga 36 mln. so‘m.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan Mendeleyev nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari 7ta medal qo‘lga kiritishgan edi.