Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bu safar Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi pandemiya tufayli tomoshabinlarsiz o‘tmoqda. Arenda jami 950 kishi ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiXXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda MOQ.
Marosimda O‘zbekiston jamoasi Ukrainadan so‘ng stadionga chiqishdi. Bayroqdorlar Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulova.
Ma’lumot uchun Tokio Olimpiadasida O‘zbekistondan 68 nafar sportchi sportning 17 turi bo‘yicha ishtirok etmoqda.
Seremoniya otkritiya XXXII letnix Olimpiyskix igr
Eslatib o‘tamiz, bu safarli Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi pandemiya tufayli tomoshabinlarsiz kechmoqda. Lekin Olimpiada tashkilotchilari o‘rindiqlarda yuzida kulgu aks etgan qog‘ozdan yasalgan muxlislarni joylashtirib chiqishgan. Undan tashqari, tashkilotchilar musobaqalar vaqtida har bir davlat sportchilari uchun ularning muxlislari ovozlariga xos bo‘lgan audio yozuvlarini eshittirishni va’da berishgan.
Seremoniya otkritiya XXXII letnix Olimpiyskix igr