O‘zbekistonda prezident saylovi kampaniyasi boshlandi

2021 yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yirik siyosiy jarayon O‘zbekiston prezidenti sayloviga start berildi
Sputnik
TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. 2021-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yirik siyosiy jarayon O‘zbekiston prezidenti sayloviga start berildi.
Bu safargi prezident saylovlari, umumjahon miqyosida qabul qilingan xalqaro standartlarga mos keluvchi, yangi milliy saylov qonunchiligi hamda demokratiya va ochiqlik tamoyillari asosida bo‘lib o‘tadi, dedi MSK raisi Zayniddik Nizamxodjayev.
Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayonini siyosiy partiya vakillari, fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari, xalqaro tashkiloat va xorijiy davlat vakillari hamda mahalliy va xorijiy jurnalistlar kuzatib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga muvofiq prezidenti saylovi 2021-yilning 24 oktabida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda oldingi prezident saylovi 2016-yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tgan edi.