Rossiya BMP-2Mni Tojikistondagi harbiy bazaga jo‘natdi - video

Rossiya BMP-2Mni Tojikistondagi harbiy bazaga jo‘natdi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiya BMP-2Mni Tojikistondagi harbiy bazaga jo‘natdi.
Harbiy texnika 5-10 avgust kunlari Afg‘oniston bilan chegaradan 20 km uzoqlik joylashgan “Harb-Maydon” poligonida bo‘lib o‘tadigan Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma mashg‘ulotlarida foydalaniladi.
Bundan avval Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Tojikistonning Xatlon viloyati poligonida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.
Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston afg‘on chegarasi yaqinida harbiy mashq o‘tkazadi
Mashg‘ulotlarda Qirg‘izistondagi Rossiya bazalarining havo guruhlari, shuningdek, Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza tarkibidagi S-300 havo hujumidan mudofaa tizimlari jalb qilinadi.
Avgust-sentabr oylarida keng ko‘lamli manevrlar rejalashtirilgan, keyin esa qo‘shinlar “Tinchlik missiyasi 2021” qo‘shma manevrlarida qatnashadilar. Avgustda Surxondaryo viloyatida harbiy mashqlar boshlanadi. Shundan so‘ng askarlar Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Termiz poligoniga ko‘chib o‘tadi.
Sentabrda mashg‘ulotlar Qirg‘izistondagi “Edelveys” o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi.