O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi taniqli grossmeysterni mag‘lubiyatga uchratdi

16 yoshli Nodirbek Abdusattorov gollandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri ustidan g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik 16 yashar Nodirbek Abdusattorov gollandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri ustidan 3:1 hisobi bilan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shaxmatist Nodirbek Abdusattorov
Nodirbek xalqaro reytingda 127-o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning raqibi, FIDE Jahon kubogi turnirining asosiy favoritlaridan biri Anish bu reytingda naq 8-o‘rinda edi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida qatnashayotgan 16 yoshli Shamsiddin Vohidov rapid yo‘nalishidagi bahslarning ikkinchi raundida amaldagi jahon chempioni, Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgandi.