O‘zbekiston bokschilari Tokioda ham birinchi bo‘lishga tayyor

Boks bahslariga qur’a tashlash marosimi 22-iyul kuni bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston bokschilarining raqiblari nomi ma’lum bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekiston bokschilari Riodagi yetakchilikni himoya qilishga shay, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
"Tokioda ham barcha “O‘zbek yo‘lbarslari”dan kamida Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida qayd etilgan natijalarning takrorlanishini kutishmoqda. Marat Qurbonov boshchiligidagi jamoamiz Yangi O‘zbekiston uchun yangi g‘alabalarni taqdim etishga shay turibdi", - deyilgan xabarda.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokioda so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab Olimpiya shaharchasiga kelib joylashishdi. Ertaga (22 iyul) boks bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston bokschilarining raqiblari nomi ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston boks bo‘yicha jami 11ta yo‘llanma - 8 ta erkak va 3 ta ayollar vaznida qo‘lga kiritgan. Dunyo bo‘yicha faqat 3 jamoada 11 nafardan bokschilar bilan ishtirok etmoqda.
Sbornaya Uzbekistana po boksu razmestilas v Olimpiyskoy derevne