Eksklyuziv: Zarina Nizomiddinova kinodan tashqarida asosiy roli haqida so‘zlab berdi

Ba’zi muxlislar “o‘zbek kinosi yulduzi Zarina Nizomiddinova litsenziyadan mahrum etildi" desa, boshqalar esa kinoga tushish taklif qilinmayotganligi tufayli u soyaga ketdi, deb hisoblamoqda.
Sputnik
Biroq, aktrisa hozirgi butun vaqtini nimaga sarflayotgani haqida so‘zlab, turli mish-mishlarni rad etdi.
Rufina Jalyayeva. Mashhur o‘zbek aktrisasi Zarina Nizomiddinova karyerasining eng yuqori cho‘qqisida to‘satdan ekranlardan g‘oyib bo‘ldi va mamlakatni tark etdi. Ammo muxlislar taniqli shaxsning hayotini Instagram’dagi akkaunti orqali kuzatishni davom etmoqdalar, u yerda aktrisa oilaviy hayoti haqida yorqin surat va videoroliklarni namoyish qilmoqda. Ma’lumki, bir yildan ko‘proq vaqt oldin 32 yoshli yulduz turmushga chiqdi va Moskvaga ko‘chib o‘tdi, ikkinchi marta farzandli bo‘ldi va o‘zini oilasiga butunlay bag‘ishladi.
Zarina Nizomiddinova Sputnik O‘zbekistonga bergan intervusida hozirgi hayoti va kelajakka qanday rejalar tuzgani haqida so‘zlab berdi.
Zarina Nizomutdinova
- Rossiya kinosida suratga tushishni rejalashtirapsizmi? Takliflar bo‘ldimi?
- Men bu haqda hali o‘ylamayapman, hozirda men bola tarbiyasi bilan shug‘ullanyapman. Ehtimol, kelajakda harakat qilaman, ko‘ramiz, qanday bo‘lishini.
Zarina Nizomutdinova
- Xitoy film yoki seriallarida suratga tushganmisiz?
- Ha, men Xitoyda “Katta o‘zgarish” tarixiy serialida suratga tushganman. Rejissor Li Vey.

Serial 2019-yil may oyida Hendanda suratga olingan. Unda Ikkinchi Jahon urushi davrida Xitoyda sodir bo‘lgan voqealar haqida hikoya qilinadi.

Zarina Nizomoddinova filmda agent Anna rolini o‘ynagan.

- Aytishlaricha, ko‘pincha kinoda muvaffaqiyatga erishish yosh aktrisalar o‘z prinsiplaridan voz kechishiga bog‘liq, Siz bunga duch kelganmisiz?
- Men uchun qolganlarga qaraganda omadliroq bo‘ldi, chunki menda - otamning qo‘llab-quvvatlovi bo‘lgan! U har doim hamma narsada meni qo‘llab-quvvatlagan. Uni juda yaxshi ko‘rishardi va hurmat qilishardi. U O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist, "Yalla" ansamblining asoschisi bo‘lgan, uning qo‘shiqlari hali ham zavq bilan tinglashadi.
Shaxboz Nizomiddinov

Afsonaviy "Yalla" ansamblining asoschilaridan biri. U O‘zbekiston SSR teleradio qo‘mitasida, O‘zbekiston estrada va simfonik orkestrida ishlagan.

Nizomiddinov 2015-yilda vafot etdi.

- Oila uchun nimadan voz kechishga to‘g‘ri keldi?
- O‘zimning jonajon mamlakatimdan ketish, oilam va do‘stlarimdan uzoqda yashashga to‘g‘ri keldi, men ularni juda sog‘inaman, mening uyim - mening oilam bo‘lgan joyda!
Zarina Nizomutdinova
- Xeyterlaringiz bormi, ularning hujumlari tez-tez bo‘lib turadimi, ularning so‘zlariga qanday munosabat bildirasiz?
- Menda juda ko‘p xeyterlar bor va nafaqat Instagramda. Ammo ularga umuman ahamiyat bermayman. Ularning sharh va xabarlarini oxirgi marta qachon o‘qiganimni eslolmayman.
Zarina Nizomutdinova
- Oilangiz haqida gapirib bering, farzandlaringiz nima bilan shug‘ullanishadi, kelajakda kim bo‘lishni xohlashadi?
- To‘ng‘ich o‘g‘lim Temurxon endi o‘rta maktabda o‘qiydi, ko‘chib o‘tgandan so‘ng, davomati yaxshilandi, ammo u hali kelajakda kim bo‘lishni tanlamadi, kenja farzandim esa atigi bir yoshu 4 oylik - u hozircha deyarli gapirmaydi, shuning uchun uning kelajakdagi rejalari haqida hali bilmaymiz.
- 2012-yilda Volokolamsk xalkaro kinofestivalida siz “Parizod” filmi uchun "eng yaxshi aktrisa" mukofotini oldingiz, bu ijodiy hayotingizni qanday o‘zgartirdi?
- Tabiiyki, har bir mukofot bir qadam, men o‘z yurtimdan tashqarida mukofot olganimdan juda baxtiyor edim. O‘ylaymanki, bu juda yaxshi.
Ma’lumot uchun:

"Parizod" - o‘zbek rejissori Ayub Shaxobiddinov, film 2012-yilda “Kinoshock” kinofestivali "Oltin tok" gran-pri sohibi bo‘lgan.

Film "O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasi bilan "O‘zbekfilm" kinostudiyasida suratga olingan.

- O‘zbekistonga qaytish rejangiz bormi?
- Men xohlagan vaqtda o‘z yurtimga kelishim mumkin. Ammo men, ehtimol, Moskvada yashayman, chunki oilam shu yerda.
Zarina Nizomutdinova
- Kinodagi ilk qadamlaringiz haqida gapirib bering, eng o‘z ijodiy faoliyatini boshlayotgan aktrisalarga nima maslahat berasiz?
- Kinoga birinchi marta taklif qilinganimda, men 16 yoshda edim. Bu "Yo‘l bo‘lsin" filmi edi. Shundan so‘ng meni turli xil to‘liq metrajli film, serial va kliplarga taklif qilishni boshlashdi.
"Yo‘l bo‘lsin" filmi

"Yo‘l bo‘lsin" filmi rejissori Kamara Kamalova.

Film davlat mukofotiga sazovor bo‘lib, turli kinofestivallarda ishtirok etdi.

Agar kasb xudodan belgilab berilgan bo‘lsa, deydi Zarina Nizomiddinova, unda muvaffaqiyatga osonlikcha erishiladi. Shu bilan birga, yulduz hech qachon aktrisa bo‘lishni orzu qilmaganligini tan oldi, chunki u mashhurlikni hayotga xalaqit beradigan og‘irlik deb hisoblagan.
Ammo taqdir boshqacha tarzda kechdi: muvaffaqiyatli debutdan so‘ng, respublikaning eng yaxshi rejissorlari o‘sha paytda hali tegishli sohada ma’lumotga ega bo‘lmagan yosh aktrisaga rollarni taklif qila boshladilar.
"Endi tushunmoqdaman, agar hamma narsa osonlikcha va muvaffaqiyatli ketayotgan bo‘lsa, demak, bu sizning yo‘lingiz, unda to‘xtab qolmaslikkerak", - deydi Zarina Nizomiddinova.