Mirziyoyev Tojikiston yetakchisiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga uning singlisi Qurbonbi Rahmonova vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonga uning singlisi Qurbonbi Rahmonova vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Tojikiston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Rahmonning singlisi 20-iyul Qurbon hayiti ayyomi kuni vafot etdi. U 64 yoshda edi.
Emomali Rahmonning qaynonasi vafot etdi
Siyosatchi qarindoshining o‘lim sabablari aytilmagan. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, u koronavirus sababli vafot etgan.
Oyning boshida Tojikiston yetakchisining qaynonasi Uzbekbi Asadulloyeva koronavirus tufayli vafot etgandi. Asadulloyeva bir necha kun o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparati ostida o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi.