TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 21-23 iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, SEL KELISh XAVFI MAVJUD.
"Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, FVVning "10-50" qisqa raqamiga murojaat etishingizni so‘raymiz”, - deyilgan FVV xabarida.
Kuni kecha kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Namangan va Andijonda sel kelish va suv bosish holatlari kuzatildi.