Toliblarni qo‘shni davlatlar qiziqtirmaydi, ular ichki mojarolar bilan band – RF TIV

Toliblarni qo‘shni davlatlar qiziqtirmaydi, ular afg‘on hukumatiga qarshi kurash bilan band – RF TIV.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakati vakillari ma’lum qilishicha, toliblarni qo‘shni davlatlar qiziqtirmaydi, ular Afg‘oniston hukumatiga qarshi kurash bilan band. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi. RIA Novosti.
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Unga ko‘ra, harakat a’zolari ichki mojarolar bilan shug‘ullanib, hukumat kuchlariga qarashli hududlarini nazorat qilishni o‘z zimmalariga olishmoqda.
"Ularni qo‘shni davlatlar qiziqtirmaydi, bu haqda so‘nggi yetti yil davomida bizga aytib kelishgan", - dedi Kabulov.
Uning ta’kidlashicha, toliblar qo‘shni O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegarani kesib o‘tganligini tasdiqlovchi biron bir fakt keltirilmagan.
Toliblar faqat ichki nizolar bilan shug‘ullanganiga shubha qilish uchun hech qanday asos yo‘q, deb ta’kidlandi TIVda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakat.