TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qobul markazida Qurbon bayram munosabati bilan amalga oshirilayotgan namoz vaqtida prezident saroyi yoniga bir nechta raketalar kelib tushdi, deb xabar bermoqda Afg‘onistonning Tolo News telekanali.
Keyinroq berilgan xabarlarga ko‘ra, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bayram munosabati bilan amalga oshirilgan namozdan keyin bayram nutqini so‘zlagan.
1TV telekanali xabariga ko‘ra, prezident saroyi yonida uchta portlash ovozi eshitilgan.
Qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot hozircha e’lon qilinmagan.
Afg‘onistonda keyingi vaqtlarda hukumat kuchlari bilan "Tolibon"* jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik keskin tus oldi. Toliblar qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olib, yirik shaharlarga hujumni boshlagan. Afg‘onistondagi notinchlik AQSh ma’muriyatining 11-sentabrgacha Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqib ketishni yakunlashi haqidagi va’dalar fonida kuchaymoqda. 2020-yilda Vashington va "Tolibon"* Dohada 18-yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng birinchi marta tinchlik shartnomasini imzolagan edi. Kelishuv 14 oy ichida Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan so‘ng afg‘onistonlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadi.