TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda bir sutkada 658 kishida koronavirus infeksiyasi qad etildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
2021 yil 19-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 120 631 nafarni tashkil etmoqda.
Kecha kun davomida kasallikdan sog‘ayganlar jami 115 514 (+649) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 465 nafarga yetdi, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 805 nafarni tashkil qildi.
Shuningdek, SSV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda shu kunga qadar 1 023 425 nafar fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.