Yil boshidan qancha o‘zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga ketdi?

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qancha fuqaro ishlash uchun chet elga ketganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 2021-yil boshidan buyon 22 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tashkillashtirilgan tanlov asosida ishlash uchun Rossiyaga ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
"Yanvar-iyun oylarida pandemiya sharoitida ish beruvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 22116 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashkillashtirilgan tanlov asosida Rossiya Federatsiyasiga jo‘natildi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Qozog‘istonda (3 354), Janubiy Koreyada (826), Turkiyada (1 123) va boshqa davlatlarda (1574) fuqaro ish bilan ta’minlandi.
So‘nggi olti oy ichida jami 28993 nafar o‘zbekistonlik shartnomalar asosida chet elga ishlash uchun ketgan.