Toliblar Afg‘onistonda uzoq muddatli sulhni e’lon qilishdan bosh tortmoqda

Toliblar ilgariroq ilgari surgan talablardan chekinishni mutlaqo rejalashtirmagan
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Toliblar Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralarda yangi shartlar asnosida uzoq muddatli sulhga rozi bo‘lmaydi.
Bu haqda RIA Novosti muxbiriga "Tolibon"* harakati boshqarmasi huzurida Afg‘oniston bosh prokurori Jaloluddin Shinvariy ma’lum qilgan.
Toliblar qo‘yayotgan shartlarga ko‘ra, 7 ming nafar mahbuslar ozod etilib, BMT sanksiya ro‘yxatidan rahbarlarning ismlari o‘chirilgan taqdirdagina, uzoq muddatli sulhni amalga oshirish mumkin.
Afg‘on harbiylari va “Tolibon”* o‘rtasida jang aks etgan video paydo bo‘ldi
"Shu yaqin kunlarda Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari 7 ming nafar mahbus toliblarni ozodlikka chiqarish imkoniyati yo‘qligi haqida ma’lum qildi. Agar bu ish amalga oshirilmasa, vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish joriy etilishiga shubham bor", - degan Shinvariy.
Toliblar bosh prokurori shu bilan bir vaqtning o‘zida Doxadagi afg‘onlararo muzokaralarni ijobiy baholadi. U muloqot ijobiy natija berishiga umid qilib qolishini qo‘shimcha qildi.
* RFda ta’qiqlangan terroristik uyushma.