Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston afg‘on chegarasi yaqinida harbiy mashq o‘tkazadi

Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane
Xatlon viloyatidagi poligonda avgust oyida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Avgust oyida Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Tojikistonning Xatlon viloyati poligonida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Harbiylar afg‘on chegarasi yaqinida jangarilarni yo‘q qilish mashqlarini o‘tkazadilar.
Strelki-zenitchiki vo vremya vtorogo etapa Vsearmeyskogo konkursa po polevoy viuchke sredi podrazdeleniy protivovozdushnoy oboroni
Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston afg‘on chegarasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
O‘tgan haftada Afg‘oniston chegarasi yaqinida Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston harbiylari ishtirokida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.
Mashg‘ulotlarda Qirg‘izistondagi Rossiya bazalarining havo guruhlari, shuningdek, Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza tarkibidagi S-300 havo hujumidan mudofaa tizimlari jalb qilinadi.
Avgust-sentabr oylarida keng ko‘lamli manevrlar rejalashtirilgan, keyin esa qo‘shinlar “Tinchlik missiyasi 2021” qo‘shma manevrlarida qatnashadilar. Avgustda Surxondaryo viloyatida harbiy mashqlar boshlanadi. Shundan so‘ng askarlar Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Termiz poligoniga ko‘chib o‘tadi.
Sentabrda mashg‘ulotlar Qirg‘izistondagi “Edelveys” o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi.