Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV

Putin va Bayden RFning Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarini muhokama qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden 16-iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Rossiyaning Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarini muhokama qilishgandi. Bu haqda "Kommersant" nashri o‘z manbalariga asosan xabar qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, davlatlar rahbarlari Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza va Qirg‘izistonning "Kant" bazasi Afg‘onistondagi vaziyatni birgalikda harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida muhokama qilishgan.
“AQSh-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
Rossiya va Amerikaning ushbu sohadagi hamkorligi mamlakatlarga respublikadagi vaziyat to‘g‘risida olingan ma’lumotlarni o‘zaro almashishda yordam berishi mumkin edi.
Shu yo‘l bilan Moskva mintaqada AQSh bazalarini joylashtirishining oldini olishga harakat qilmoqda, deb ta’kidladi manba.
Biroq AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jeneva sammiti paytida davlat rahbarlari respublikadagi beqaror vaziyatni haqiqatan ham muhokama qilganligini RBK nashriga tasdiqladi.
Biroq, Kreml vakili prezidentlar RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalari haqida muhokama qilgan-qilmaganligiga aniqlik kiritmadi.