O‘zbekistonda 500dan ortiq kovid, 400dan ortiq pnevmoniya, 3 kishi vafot etdi

Sutka davomida 507 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119 388 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 507 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119 388 nafarni tashkil qilmoqda.
Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi emlandi - video
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (24), Andijon viloyatida (18), Buxoro viloyatida (13), Jizzax viloyatida (55), Qashqadaryo viloyatida (16), Navoiy viloyatida (16), Namangan viloyatida (24), Samarqand viloyatida (45), Sirdaryo viloyatida (28), Surxondaryo viloyatida (41), Farg‘ona viloyatida (38), Xorazm viloyatida (12), Toshkent viloyatida (55), Toshkent shahrida (121) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 436 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 114 303 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
SSV aholining aksariyat qatlamini majburiy vaksinatsiya qilish haqida qaror qabul qildi
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 796 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 189,9 milliondan oshdi, 4,0 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (34,0 mln), Hindistonda (31,0 mln), Braziliyada (19,3 mln).