TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. 2021-yilgi mavsumda Issiq-ko‘lga yo‘l olgan rossiyaliklar soni keskin oshishi mumkin deb yozadi Sputnik muxbiri Mariya Naumenko Rossiya Tur operatorlari assotsiatsiyasiga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunga bir necha sabablar, va pandemiya tufayli turizm sohasida vujudga kelgan vaziyat sabab bo‘lmoqda.
Birinchidan, rossiyaliklar “yaxshi ko‘rgan” Turkiya, Misr va Yunoniston plyajlarining aksariyati hozircha yopiq yoki u yerga yetib borish juda qimmat yoki mushkul.
Ikkinchidan, Qirg‘iston YeOIIga tarkibidagi davlat bo‘lgani uchun, sayyohlarga u yerga borib kelish jarayoni nisbatan soddalshatirilgan. PZR testlar kerak bo‘lsada, karantinga amal etish alab qilinmaydi. Faqat maxsus dastur orqali ro‘yxatdan o‘tib o‘z maqomini tasdiqlash kifoya.
Uchinchidan, yaqinda “Aeroflot” kompaniyasi Issiq-ko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi va ushbu parvozlar narxi nisbatan arzon. Masalan Moskva – Issiq Ko‘l – Moskva yo‘nalishida chipta narxi 25 ming rubl turadi.
Rossiyalik teroperatorlar xulosasiga ko‘ra, Issiq-ko‘lning yana bir jozibador tomoni – bu uning tog‘ bag‘rida joylashganidir. Sayyohlar dengiz sathidan 4000 metr balandlikda ajoyib tog‘ va adirlarni, inson qo‘li tegmagan tabiat manzaralarini tomosha qilishlari, o‘tovlarda ko‘chmanchi xalq turmush tarzi bilan tanishishlari mumkin.
Yuqoridagi sabablar rossiyalik turistlar orasida Qirg‘izistonning ushbu dam olish hududiga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Bugungi kunda Avgust va Sentabr oylariga mo‘ljallangan sayyohlik putovkalarining aksariyati sotib bo‘lingan.