TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Akademik litseylarga dastlabki saralash va kirish imtihonlarini sentabr oyiga surish rejelashtirilmoqda, deb xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga asosan.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2020 - 2021 o‘quv yilida O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida, ochiq maydonlarda o‘tkazilgan edi.