TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada so‘zga chiqib, Rossiya O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi-davlat maqomida qo‘shilganidan mamnun ekanligini ta’kidladi. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Rossiya TIV rahbari ta’kidlashicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi integratsion o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirish bu yirik Yevroosiyo sherikligini o‘rnatish jarayonining ajralmas qismidir.
Toshkentda shu kunlarda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston va Afg‘oniston rahbarlari, Pokiston bosh vaziri, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti va turli davlatlardan 20 dan ortiq tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda.
Uchrashuv mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo iqtisodiyotini modernizatsiya qilish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek, transport koridorlarini kengaytirish va yangi koridorlarini qurish bo‘yicha loyihalar ham kiradi.