TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumanini har yil o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Anjumanning ochilish marosimida mehmonlarni qutlarkan, Shavkat Mirziyoyev ushbu mintaqaviy forumni har yili o‘tkazishni taklif qildi. O‘zbekiston prezidentining aytishiga ko‘ra, Forumda bildirilgan takliflarni anik dastur va loyihalarga aylantirish mumkin, dedi Prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev hududning rivoji uchun mamlakatlar birgalikda harakat qilishi kerakligini ta’kidladi.
“Bugun dunyoda global geosiyosiy transformatsiya jarayonlari boshlangan. Biz o‘z xalqlarimizning ulkan tarixiy ma’rosidan, intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda – o‘z sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yo‘nalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin bo‘lishi e’lon qilingan edi.