TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. FVV uchta viloyatla sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi.
“Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida hamda Qirg‘iziston Respublikasining vodiy bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 17-19 iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.
Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 qisqa raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida kuchli sel-toshqini yuz berdi, uning oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi tan jarohati oldi.