Turkiya kompaniyasi o‘zbekistonliklarni vaqtinchalik mehnatga jalb etadi

O‘zbekiston fuqarolari tashkiliy tanlov asosida Turkiyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Turkiyaning “Vatan Danismanlik” konsalting kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomani Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev va “Vatan Danışmanlık” konsalting kompaniyasi bosh direktori Alaattin Shahin imzoladi.
Agentlikda tashkil etilgan uchrashuvda Turkiyada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.
O‘zbekiston – Turkiya biznes forumida qiymati 679 mln dollarlik hujjatlar imzolandi
Yakunda imzolangan shartnomaga binoan O‘zbekiston fuqarolari tashkiliy tanlov asosida Turkiyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb etiladi.