“Tolibon”* hujumi tufayli afg‘onlar uylarini tashlab, qochmoqda - video

Afg‘onistonning Qandahor aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda. Toliblar hujumlari davom etmoqda, mahalliy aholi Qandahor chekkasidagi masjidda boshpana topishga harakat qilmoqda.
Sputnik
Qochoqlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ularning orasida yosh bolalar bor.
Bir haftadan beri janglar davom etmoqda. Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqish fonida radikal harakat vakillari faollashdilar.
Juma kuni ekstremistlar Afg‘oniston hududining 85 foizini o‘z nazorati ostiga olishganini ma’lum qildi. Biroq rasmiy hukumat bu ma’lumotni rad qildi.
* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakat.