TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev h mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Xitoy vaziri O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi. Toshkent shahrida o‘tkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va ko‘p qirrali hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Xalqaro kun tartibi, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.