TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. 16-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida “Markaziy Osiyo – Rossiya” shaklidagi tashqi siyosat idoralari rahbarlarining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan xalqaro anjumanida O‘zbekiston, Afg‘oniston prezidentlari, Pokiston bosh vaziri, Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy, Rossiya tashqi ishlar vazirlari, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili ishtirok etadi.