Koronavirus va pnevmoniya: O‘zbekistonda 785 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi

Sutka davomida 493 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117 902 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 493 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117 902 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining yana 90 ming dozasi keltirildi
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (31), Andijon viloyatida (31), Buxoro viloyatida (20), Jizzax viloyatida (44), Qashqadaryo viloyatida (18), Navoiy viloyatida (14), Namangan viloyatida (23), Samarqand viloyatida (33), Sirdaryo viloyatida (20), Surxondaryo viloyatida (28), Farg‘ona viloyatida (38), Xorazm viloyatida (10), Toshkent viloyatida (52), Toshkent shahrida (131) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 112 941 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
Kreml Rossiya vaksinalari atrofidagi vaziyat siyosiylashtirilayotgani haqida bayonot berdi

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 785 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 187,8 milliondan oshdi, 4,0 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,9 mln), Hindistonda (30,9 mln), Braziliyada (19,1 mln).