Uch viloyatda sel kelishi xavfi mavjud

Sel Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga kelishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik.15-16 iyul kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel keshishi xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, sel Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga kelishi mumkin.
Kosonsoyga kuchli sel keldi: qidiruv-qutqaruv ishlari olib bormoqda
Kuni kecha Namangan viloyati Kosonsoy tumanida kuchli sel kelishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan edi.