So‘nggi besh yilda qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi xalq ta’limi tizimiga qaytdi

O‘qituvchini jamiyatda mavqeyini oshirishga har tomonlama harakat qilinishi natijasida xalq ta’limi tizimiga qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi qaytgan.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda o‘qituvchini jamiyatda mavqeyini oshirishga har tomonlama harakat qilinishi natijasida so‘nggi besh yilda qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi xalq ta’limi tizimiga qaytdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni 64 ming 892 nafardan 46 ming 214 nafarga (30 foizga) kamaygan.
Maktablar reytingi aniqlanadi va OAVda yoritiladi
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2018—2019 yillarda O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi jami o‘qituvchilar soni 445 638 nafarni tashkil etgan bo‘lsa (erkak o‘qituvchilar soni — 133 207 nafar), 2020—2021 yildan ushbu ko‘rsatkich 501 044 nafarni tashkil etgan. Bunda erkak o‘qituvchilar soni 159 104 nafarga yetgan.