Rossiyada o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlash qachon boshlanishi mumkinligi aytildi

Moskvada “Sputnik V” vaksinasining o‘smirlarga moslashtirilgan tadqiqoti olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiyada o‘smirlarni COVID-19 ga emlash 20-sentabrgacha boshlanishi kerak. Bu haqda Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novostiga ma’lum qildi.
“So‘nggi paytlarda avvalgiga qaraganda kasallik bilan yanada og‘irroq xastalayotgan o‘smirlar soni ko‘paydi. Ularni himoya qilish kerak”, - dedi Ginsburg.
U Moskvada iyul oyida 12-17 yoshdagi o‘smirlar ishtirokida boshlangan vaksina tadqiqoti haqida to‘xtalib, unda ishtirok etayotgan faqat ikki o‘smirning harorati ko‘tarilganini ta’kidladi.
"Sputnik V"ning koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samaradorligi aniqlandi
Gamaleya direktori bu boshqa bir suyuqlik emas, balki aynan vaksina kiritilganini anglatuvchi reaksiya ekanini aytdi.
“O‘lchanmagan, ehtimol, ular buni sezishmagan ham bo‘lardi”, - deya qo‘shimcha qildi Aleksandr Ginsburg.
Moskvada “Sputnik V” vaksinasining o‘smirlarga moslashtirilgan tadqiqoti olib borilmoqda. Ular shahardagi ikkita bolalar kasalxonada o‘tkazilmoqda. Unda 100 kishi qatnashapti.