TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya Afg‘oniston shimolidagi urush xaosidan IShID* jangarilari foydalanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamentining direktori Zamir Kabulov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Afg‘oniston shimolidagi urush xaosidan ishidchilar foydalanishi mumkinligi bizni xavotirga solmoqda. Bu biz uchun juda muhim jihat”, - dedi Kabulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Afg‘oniston shimolidagi qator tumanlarni egallab olgan toliblar* ishidchilarning ashaddiy dushmani sanaladi.
“Ular (toliblar* - tahr.) ularni yomon ko‘radi va asirga olmaydi, ular ularni yo‘q qilishadi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, shimolda 3-4 ming ishidchilar* qolgan. Lekin shimolni hukumat kuchlari nazorat qilgan vaqtda ular IShID* bilan jang qilmagan, IShID* o‘zini u yerda yaxshi his qilgan, toliblar* esa ularni omon qo‘ymaydi. Shuning uchun toliblarning* u yerdagi muvaffaqiyati IShID*ni zaiflashtiradi, hujum uchun va Markaziy Osiyoga qarshi diversiya uchun zamindan mahrum qiladi”, - deya qo‘shimcha qildi Kabulov.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari