Kreml Rossiya vaksinalari atrofidagi vaziyat siyosiylashtirilayotgani haqida bayonot berdi

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya koronavirusga qarshi vaksinalar atrofidagi vaziyat siyosiylashtirilayotgani holatlariga duch kelmoqda
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan Rossiya vaksinalari atrofidagi vaziyat siyosiylashtirilishi holatlariga duch kelmoqda va bu holatga o‘ta salbiy munosabatdaligini bildiradi, deb bayonot qildi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
G‘arb vaksina uchun urush olib borishga tayyor
"Biz ko‘plab marotaba vaksina bilan bog‘liq barcha holatlar siyosiylashtirilishiga keskin qarshi ekanligimiz haqida aytganmiz. Chunki biz hech qanday siyosiylashtirish bilan shug‘ullanmaymiz. Va, bugungi kunda, afsus bilan qayd etamizki, bizning vaksinalarimizni ilgari surish holatlari ko‘pincha siyosiylashtirilish holatlariga duch kelmoqda. Bizning bunga munosabatimiz o‘ta salbiydir", - degan Peskov.