Buxorodan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga vaqtincha cheklov kiritildi

Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) O‘zbekistonning Buxoro viloyatidan Rossiyaga qalampir va pomidor mahsulotlarining kirib kelishini vaqtinchalik chekladi. Bu haqda idora saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, cheklov bu mintaqadan keltirilgan pomidorlarda jigarrang burishgan virus (ToBRFV Tomato brown rugose fruit virus) aniqlangani sabab kiritilgan.
Rossiya O‘zbekistonning 17ta korxonasidan pomidor importiga ruxsat berdi
Avvalroq Rosselxoznadzor 28-iyundan boshlab Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi 15 ta korxonadan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat bergan edi.
O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida Rossiyaga 17,5 ming tonna pomidor eksport qilgan va Rossiya o‘zbek pomidorining asosiy xaridori bo‘lgan.