Toshkent metrosi yana 10 ta Rossiya poyezdlari bilan to‘ldiriladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga 1-dekabrga qadar “Metrovagonmash”dan (Rossiya) Toshkent metrosi uchun o‘nta poyezd xarid qilishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Vazirlar mahkamasining “Toshkent metropoliteni uchun o‘nta to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish” loyihasining texnik iqtisodiy asoslashni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga 2021-yil 1-dekabrga qadar “Metrovagonmash”dan (Rossiya) Toshkent metrosi uchun o‘nta poyezd olib kelish vazifasi topshirilgan.
Toshkent metrosi durdonasi "Alisher Navoiy" bekati - video
Loyihaning umumiy qiymati 63,7 mln yevroni tashkil etadi. Undan 8,7 millioni davlat budjeti mablag‘i, 30,5 millioni Rossiyaning “VEB.RF” davlat rivojlanish korporatsiyasi banki krediti, yana 24,5 millioni “Roseksimbank” AJ krediti.
“VEB.RF” tomonidan kredit 11-yilga, “Roseksimbank” tomonidan esa 12-yilga taqdim etilgan.
Loyihaga ko‘ra, 10 poyezd yiliga 95,6 million yo‘lovchini tashish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, loyiha shartnomasi “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolagan edi.