TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Aksi tumanida sel toshqini oqibatida 2 nafar ayol va 6 nafar bola nobud bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Sel oqimi 63 yoshli ayol, uning 40 yoshli qizini va 16, 12, 7 va 3 yoshli nabiralari va mehmonga kelgan 12 yoshli bolani olib ketdi. Barchasi chodirda yashashgan edi.
Qo‘shni qishloqda 5 yoshli bolani oqim olib ketdi. Ikki bolani (3 va 5 yoshli) qidirish davom etmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov toshqin oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hukumatga ko‘rsatmalar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmatning kuchaytirilgan rejimiga o‘tkazildi.