Patent: “Saxarovo” migratsiya markazi migrantlarga eslatma bilan chiqdi

Patent rasmiylashtirish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur - “Saxarovo” migratsiya markazida.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Saxarovodagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazida 2021-yil 19-iyuldan boshlab migrantlar patent olish uchun hujjatlarni topshirish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Bu haqda migratsiya markazi xabar qildi.
Chet el fuqarolari mobil ilovada va xizmat orqali veb-saytda onlayn tarzda oldindan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish uchun “xizmat nomi (patent olish uchun ariza topshirish), sana, vaqt, familiya, ism, pasport, hujjat raqami, mobil telefon raqami va E-mail manzili” ko‘rsatiladi.
Patent va tibbiy ko‘rik: IIV migratsiya tizimini raqamlashtirish loyihasini tayyorlamoqda
Ro‘yxatdan o‘tmasdan patentga hujjat topshirib bo‘lmaydi, deb ogohlantirdi migratsiya markazi.