Moskvada migrantlar yana ommaviy mushtlashdi

Mahalliy OAVlarning yozishicha, mushtlashuvda 50 nafardan 200 nafargacha migrantlar ishtirok etgan.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Moskvada “Kuzminki” metro bekati yaqinida migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya IIVning Moskva bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 13-iyulga o‘tar kechasi Zelenodolskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mahalliy OAVlarning yozishicha, mushtlashuvda 50 nafardan 200 nafargacha migrantlar ishtirok etgan.
Janjal vaqtida ular yo‘lga chiqib ketib, avtomobillar va yo‘lovchilarga xalaqit berishgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari janjalning bir necha ishtirokchilarini qo‘lga olib, hududiy bo‘limlarga keltirishgan. Qo‘lga olinganlar 20 kishini tashkil etayotgani aytilmoqda.
Janjal oqibatida bir necha kishi jabrlangan, ayrimlar pichoqlangan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ommaviy mushtlashuvni aynan qaysi mamlakat fuqarolari uyushtirgani borasida turli taxminlar bildirilmoqda.
Hozirda hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda va uning qatnashchilari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadagi bozorlardan birida migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani xabar qilingan edi.
Moskvadagi MMA turnirida migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video