TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. 13 iyul kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Kosonsoy soyiga sel keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, sel oqibatida bir necha kishi oqib ketgan.
Viloyat FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda FVB, IIB, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Aksi tumanida sel kelishi oqibatida sakkiz kishi nobud bo‘lgani xabar qilingan edi.