Kosonsoydagi kuchli sel 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kosonsoy tumanida sel kelishi yuzasidan birlamchi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi esa tan jarohati olgan. Qurbonlar haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmagan.
Kosonsoyga kuchli sel keldi: qidiruv-qutqaruv ishlari olib bormoqda
Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kosonsoyga kuchli sel kelgani xabar qilingan edi.