TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Irina Badmayeva. AQSh abadiy inqirozga qadar darajadan pastda qolishi mumkin, deb hisoblaydi Moody’s Analytics tahlilchilari. Normaga qaytish indeksi pandemiyadan so‘ng iqtisodiyot qanchalik kuchli o‘zgarganini ko‘rsatmoqda – ijobiy ahamiyatdan yetti foizga pastroq. Tahlilchilarning ishonchi komilki: mamlakat qaytarib bo‘lmaydigan nuqtaga yaqinlashgan. Bu rostdan ham shundaymi - RIA Novosti o‘rgandi.
Qaytarib bo‘lmaydigan nuqta
Indeks 37 ta iqtisodiy ko‘rsatgichga ko‘ra hisoblab chiqiladi. Ular orasida kredit hajmi, ishsizlik nafaqasi bo‘yicha kelib tushgan arizalar soni, bo‘sh ish o‘rinlari soni, mahalliy aviaparvozlar haqidagi ma’lumotlar va hatto mehmonxonalar to‘ldirilishi.
Moody’s Analytics tahlilchilari Amerika iqtisodoti ilgarigi qudratni turizm bilan bog‘liq muammolar tufayli olmaymaydiga degan xulosaga kelishdi. Pittsburg universiteti siyosatshunosi Omer Zarplining baholashiga ko‘ra, pandemiya tufayli AQShda bu soha 69 foizga qisqargan. YeIda qariyb 90, Buyuk Britaniyada 73 foizga.
Boz ustiga tuzatishlarni mehnat shakli o‘zgarishi ham kiritdi. Ko‘plab amerikaliklar avvalgidek uydan ishlashmoqda. Va ikki marta ko‘proq bandsizlik to‘lovlarini so‘rab, murojaat qilishmoqda.
Yana bir muammo – iqtisodiyotga fond bozorlari orqali sarmoya kiritish. Mablag‘lar texnologiyadagi eksportga yo‘naltiriladi. Amerikalik gigant konsernlarning boshqa mamlakatlarda zavodlari bor. Investitsiyalar u yerda yangi ish joylarini yaratadi, shunga ko‘ra, soliq hisoblari oshadi, iqtisodiyot rivojlanadi. AQShda bozorning hatto bir necha foizga qisqarishi importor davlatlardagi jiddiy muammolar bilan tahdid soladi.
“Ehtimoliy xavf zonasida – Meksika, Kanada, Yaponiya. Inflyatsiya esa o‘xshash jarayonlarni Yevropada keltirib chiqarishi mumkin”, - deb ogohlantiradi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining statistika kafedrasi dotsenti Olga Lebedinskaya.
S&P500 indeksi allaqachon tarixiy maksimum yoqasida, deya qayd etadi Moody’s Analytics iqtisodchisi Mark Zandi. O‘tish ketishi mumkin. Agar Federal zaxira tizimi bazoviy foiz stavkasini ko‘tarmasa, amerika kompaniyalari aksiyalari 10-20 foizga qulaydi.
O‘tgan yili regulyator ko‘rsatgichni iqtisodiyot va iste’molchilar talabini jonlantirish uchun deyarli nolgacha pasaytirdi. Lekin endi inflyatsiya prognozlarni quvib o‘tapti va Federal zaxira tizimining stavkalarni ko‘tarishiga to‘g‘ri keladi.
Ilgari moliyaviy siyosat xatarli aktivlar talabiga qulaylik tug‘dirardi. Tez orada vaziyat o‘zgaradi. Biroq qulash 30 foizdan oshmaydi, ishonchi komil Mark Zandining. Agar aksiyalar narxi tushib ketsa, retsissiya kuzatilishi muqarrar.
Ammo iqtisodchi voqeaning bunday rivojlanishining ehtimoli kam deb hisoblaydi.
Amerika iqtisodiyotning barbod bo‘lishi: afsona yoki haqiqat
Bazoviy stavkaning oshirilishi kreditning qimmatlashishiga olib keladi va davlat qarzi xizmati bo‘yicha xarajatlarni sezilarli ko‘paytiradi. Shuning uchun amerika iqtisodiyoti va dollarga deyarli har hafta barbodlikni bashorat qilishadi. Moody’s Analytics tadqiqoti – mustasno emas.
Normaga qaytish indeksi nafaqat umumiy iqtisodiy ko‘rsatgichlar, balki soha ahvoli, ayniqsa pandemiya jabr ko‘rganlarni inobatga oladi. Bu mehmonxona biznesi, aviaparvozoar hamda kichik va o‘rta tadbirkorlik. Shu bois Moody's Analytics xulosalarida ayrim anglashilmovchiliklar bor.
Umuman olganda Qo‘shma Shtatlar tez qayta tiklanmoqda. Avvalo energiya zaxiralariga bo‘lgan narxlar evaziga. Bundan tashqari, IT-texnologiya, xususan, soft eksporti 20-25 foizga oshdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining oxirgi prognoziga ko‘ra, Amerika YaIM pandemiyagacha bo‘lgan darajaga joriy yil ikkinchi choragida qaytadi.
Boz ustiga ishsizlik o‘sishi katta hisobda sun’iy – iqtisodiyotga koronainqirozli trillion dollar qo‘shilishi sabab.
Sentabrda to‘lovlar to‘xtatiladi. Kuzga kelib emlanish ortidan aviaparvozlar va mehmonxonalar to‘lishi qayta tiklanishi istisno qilinmaydi. Demak, turizm ham gullab-yashnaydi.
Albatta, o‘sib borayotgan inflyatsiyani inobatga olmaslikning iloji yo‘q. May oyida AQShda iste’molchilar narxlari yillikka besh foizga oshdi. Hamma narsa qimmatladi: mahsulotlar, kiyim-kechak, maishiy texnika, mashinalar.
Biroq bu vaqtincha, ishonchi komil Federal zaxira tizimi raisi Jerem Pauellnin. Regulyator tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, yil yakuniga ko‘ra inflyatsiya 3,4 foizni tashkil edi. 2022-yilda – 2,1.
Amerikaga yetib olib va o‘zib ketish
Odatda pasayish ko‘tarilish bilan o‘rin almashadi. Hozir ham qayta tiklanish kuzatilmoqda. Jahon iqtisodiyoti kutilgandan ham tezroq qayta tiklanmoqda, deya qayd etadi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Xitoy barcha yirik o‘yinchilarni ortda qoldirib, inqirozgacha bo‘lgan davr o‘sish ko‘rsatgichlarga qaytdi. Qo‘shma Shtatlar ham imkoniyatni qo‘ldan boy berishmaydi. Amerikaliklarning yangi iqtisodiy davrga o‘tish uchun resurslari bor.
Rossiya ham pandemiya oqibatlari bilan kurashmoqda. Aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlashga ikki yarim trillion rubldan ziyod ajratildi. Bu federal budjetning 10 foizi.
Lekin hozircha kichik biznes va xizmat sohasi qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Shunday bo‘lsa ham, yanvar-aprelda mahalliy aviaparvozlar 2019-yilgi ko‘rsatgichdan oshdi. “Ikki yil sabr qilmoq darkor. Korxonalarning asosiy qismi jabr ko‘rdi, ko‘pchilik ishidan ayrildi. Birinchi yarim yillikda yopilgandan ko‘ra ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar ikki baravarga kamaydi”, - deydi Mixail Kogan.
Inflyatsiya muammosi bizda Shtatlardagiga qaraganda kam emas. Iyunda iste’molchilar narxlari o‘sishi yillik hisobda olti yarim foizga yetdi, deb xabar qiladi Rosstat. Bu 2016 yidan buyon maksimum. Dunyoda izchil qimmatlashayotgan sabzavot va qurilish materiallari drayver bo‘lishdi. Lekin may oyida yanada yomonroq bo‘ldi. Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, “inflyatsiya o‘sishi bo‘shashmoqda”. Idora iyulda so‘nggi negativ bo‘lishi, avgustda esa defilyatsiyani ko‘rishga umid qilmoqda.
Ammo tahlilchilar bu qadar ishonch-umid bilan qaramayapti: sur’at yil oxiriga kelib yomonlashishi mumkin. Inflyatsiya bosimi ichki va tashqi kanallar bo‘yicha kuchayadi. Shuning uchun iyulda MB asosiy stavkani yana ko‘tarishi istisno qilinmaydi. 11-iyun kuni regulyator uni besh foizdan besh yarim foizgacha ko‘tardi. 2022-yil boshiga kelib yetti foiz ham bo‘lishi mumkin.
Bu sharoitlarda hukumatning soliq xatti-harakatlari va cheklov choralarini sinchkovlik bilan o‘ylab ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi, deyishmoqda iqtisodchilar. Mamlakat o‘zmi-ko‘pmi o‘ziga kelayotganining dalolati – real daromadlarning o‘sishi. Hozircha hamonlar jadal bo‘shab bormoqda. Birinchi chorakda ko‘rsatgich 2014-yildagi inqirozga qaraganda to‘qqiz yarim foizga past edi.